Namanganda maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi 36 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Namanganda maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi 36 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati Uychi tumanida maktabgacha ta’lim bo‘limining davlat xaridlari va shartnomalari bo‘yicha mutaxassisi A.E «Korobo» MCHJ rahbari A.J.dan topshirgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun o‘tkazib berilgan 385 million pul mablag‘i evaziga 36 million so‘m miqdoridagi mablag‘ni pora tariqasida talab qilgan.

Ta’kidlanishicha, xodim «Korobo» MCHJ rahbaridan 14,2 million so‘m va 2 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotganda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda mazkur mutasaddiga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi, 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rib chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!