Namanganda avtomashina kanalga tushib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi!

Namanganda avtomashina kanalga tushib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi!

YTH natijasida fuqaroning halok bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyat 10 sentyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida sodir bo‘lgan.

Keskin burilishda "KOBALT" avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil bir necha marta ag‘darilgan va yaqin atrofdagi “Namangan” kanaliga tushib ketgan. Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, mashina salonida yana bir nafar ayol kishi bo‘lgan. U suv ostida qolgan mashinadan xavfsiz chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, tegishli amaliy choralar ko‘rildi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazildi. Mashina esa maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!