Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasiga fuqaro murojaat qilib, “B” ismli shaxs 1 dona 50 AQSh dollarini berib, ushbu AQSh dollarini o‘zi ishlaydigan bank muassasasidagi detektor orqali tekshirib ko‘rishini, agar detektordan o‘tsa, xuddi shunday qalbaki AQSh dollarini olib kelib, fuqarolarga o‘tkazishini aytganligini bayon qilgan.

Ushbu murojaatda keltirilgan vajlarni o‘rganish maqsadida, viloyat DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.J. va A.T.lar oldindan til biriktirib, fuqaroni moddiy rag‘batlantirish evaziga qalbaki 7 050 AQSh dollarini bank muassasasidan so‘mga ayirboshlash uchun bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan B.J. va A.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!