"MYu" Vinisius uchun 200 million yevro sarflamoqchi!

"MYu" Vinisius uchun 200 million yevro sarflamoqchi!

"Manchester Yunayted" transfer bozorini buzishga tayyorlanmoqda.

Le10Sport nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati "Real Madrid" safida o‘ynayotgan Vinisius Juniorga e’tibor qaratishmoqda.

"Mankunianliklar" janubiy amerikalik futbolchini sotib olish va uni Angliya Premyer-ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirish uchun 200 million yevro ajratishga tayyor.

"Manchester Yunayted" Vinisius Kilian Mbappe bilan ziddiyatga borishini kutmoqda, shu sababli Junior "Real"ni tark etishi mumkin.

La Liganing joriy mavsumida hujumchi 16 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!