Muxlislar oktyabrgacha Bundesliga o‘yinlariga kiritilmaydi

Muxlislar oktyabrgacha Bundesliga o‘yinlariga kiritilmaydi

Germaniya chempionati o‘yinlariga bu yaqin orada muxlislar kiritilmaydi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli fanatlar hozircha stadionlarga qaytishmaydi.

«Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Minglab odamlarning stadionlarga qaytishi maqsadga muvofiq emas. Tavakkal qilmasligimiz lozim. Qoidalarga amal qilish – pandemiyani yengib o‘tishning muhim omili», - deb yozdi Shpan «Tvitter» sahifasida.

Bild xabariga ko‘ra, muxlislarning stadionlarga kiritilishiga qo‘yilgan taqiq 31 oktyabrgacha saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!