Musulmon yoshlar yo‘lovchilarga gul ulashmoqda

Musulmon yoshlar yo‘lovchilarga gul ulashmoqda

Evropaning o‘nta mamlakatida boshqa din vakillarining Islom dini haqida ma’lumot olishlari uchun musulmon yoshlari tomonidan aksiya tashkil etildi.Unga ko‘ra yoshlar ko‘chada duch kelgan yo‘lovchiga atirgul va Islom haqida ma’lumot beruvchi flayerlar sovg‘a qilishadi.

Ushbu tadbir Milliy islomiy jamiyat tomonidan Germaniya, Niderlandiya, Avstriya, Belgiya, Fransiya, Daniya, Norvegiya, Shvesiya, Italiya va Shveysariya singari mamlakatlarda o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, bu tadbir har yili o‘tkaziladigan Salom, men musulmonman shiori ostidagi oltinchi tadbir ekani aytilgan.

Manba: muslim. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!