Murodjon Ahmadaliyev chempionlik jangi uchun ringga chiqa olmaydi

Murodjon Ahmadaliyev chempionlik jangi uchun ringga chiqa olmaydi

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (55,3 kg) vazn toifasida qo‘shchempion (WBA va IBF kamarlari sohibi) Daniel Roman (27-2-1, 10 KO) 13 sentyabr kuni «Madison Square Garden»da (Nyu-York) Murodjon Ahmadaliyevga (6-0, 5 KO) qarshi ringga ko‘tarilmaydigan bo‘ldi.

«Romanda chap yelkasida muammo paydo bo‘lgan, — dedi menedjer Aleks Kamponovo. — Biz hozircha bu jarohatning qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. O‘tgan haftada MRT qildirdik, bugun yoki ertaga aniq javobini olamiz». 

Romanning  murabbiyi Eddi Gansalesning aytishicha, chempion 19 avgust kuni sparring bilan mashg‘ulot vaqtida jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA kamariga asosiy da’vogar sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!