Moskvada xaridor Iphone XS sotib olish uchun bir vanna tanga ko‘tarib keldi

Moskvada xaridor Iphone XS sotib olish uchun bir vanna tanga ko‘tarib keldi

Rossiyalik xaridor iPhone XS uchun bir vanna tanga to‘ladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Voqea Moskva markazida joylashgan "Evropeyskiy" savdo markazida sodir bo‘lgan. re:Store do‘koni sotuvchisi Lyudmila Syomushina aytishiga qaraganda olti nafar yosh yigitlar magazinga tanga pullar bilan to‘ldirilgan vannani ko‘tarib kelishgan. Tangalar 1,5-2 soat davomida sanab chiqilganidan, so‘ng vannada 100 ming rublga yaqin pul bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Xaridorlar xotirasi 256 gigabaytga teng iPhone XS smartfonini sotib olishgan va vanna tagida qolgan bir necha kilogram qaytim pul va vanna bilan do‘konni tark etishgan. 

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!