Moskvada safarbarlikka qarshi namoyish o‘tkazganlarga «voyenkomat»ga chaqiruv qog‘ozlari berildi

Moskvada safarbarlikka qarshi namoyish o‘tkazganlarga «voyenkomat»ga chaqiruv qog‘ozlari berildi

Moskvadagi bir nechta polisiya idorasida 21 sentyabr kuni o‘tkazilgan safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlarida qo‘lga olingan fuqarolarga «voyenkomatga» borish bo‘yicha chaqiruv qog‘ozlari berildi.

Chaqiruv qog‘ozlari Sokolinaya gora, Lyublino, Izmaylovo, Yujnoye Tushino, Gagarinsk va Vernandskiy prospekti tumanlarining IIBlarida qo‘lga olingalarga berilgan. «Yabloko» partiyasi a’zosi Kiril Goncharov namoyishchilardan biriga topshirilgan shu kabi chaqiruv qog‘ozining suratini e’lon qilgan.

Sokolinaya gora tumani IIB xodimlari tomonidan ushlangan shaxslardan birining rafiqasiga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘iga chaqiriv qog‘ozini shaxsan harbiy komissar topshirgan.

«Ular chaqiruv qog‘ozining topshirilishini videoga olgan va ularga Rossiya fuqarosi bo‘lgani uchun qabul qilishga majbur ekanliklari aytilib, ertaga komissariatga borishi ma’lum qilingan», — deydi u.

Inson huquqlari himoyachilarining ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlarning kamida bir nafari chaqiruv qog‘ozini olmasa, jinoyat ishi ochilishi bilan qo‘rqitilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!