Moskva markazidagi kasalxonada chiqqan yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi

Moskva markazidagi kasalxonada chiqqan yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi

Moskva markazidagi 63-shahar klinik shifoxonasining rekonstruksiya qilinayotgan ma’muriy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda 3 dekabr kuni TASS Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Yong‘in Moskva vaqti bilan soat 04:50 da boshlangan. Yong‘in o‘chiruvchilar yetib kelishganida, yong‘in maydoni 30 kvadrat metrni qamrab olgan edi.

«Tezkor choralar natijasida umumiy 100 kvadrat metr maydonda yong‘in bartaraf etildi. Qurilish inshootlari va ishchilar uchun ajratilgan xonalar yonib ketgan", dedi agentlik manbasi.

Qayd etilishicha, yong‘in paytida binoda kasalxona xodimlari bo‘lgan. 23 kishi qutqarilgan. Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!