“Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi

“Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi

Hukumat qarori (681–son, 29.11.2022 y.) bilan Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi.

✅ Qarorga ko‘ra:

➖“Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar;

➖ “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feld’eger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

(https://telegra.ph/Mo%D2%B3ir-alo%D2%9Bachi-k%D1%9Ekrak-nishoni-va-%D0%8Ez-kasbining-ustasi-belgisi-11-30)🗓 Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelgacha vazirlikka taqdim etadi.

❕Ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbining ustasi” belgisi har yili 7 may – aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi.

💰Taqdirlanganlarga BHMning to‘rt yarim baravari (1 mln 350 ming so‘m) miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

⚠️ Mazkur ko‘krak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!