Mixail Zamyatin: «Umid qilamanki, biz O‘zbekistonga xotirjamroq davrda sayyoh sifatida yana kelamiz»

A A A
Mixail Zamyatin: «Umid qilamanki, biz O‘zbekistonga xotirjamroq davrda sayyoh sifatida yana kelamiz»

Avval xabar berganimizdek, «COVID-19»ga qarshi kurashda yordam berish uchun bir oy oldin mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasining 40 nafarga yaqin tibbiyot xodimlaridan iborat guruh o‘z missiyasini yakunladi.

Ular ketishidan avval biz delegasiya rahbari – Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining N.I.Pirogov nomidagi milliy tibbiy xirurgiya markazining anesteziologiya va reanimasiya kafedrasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federasiyasining xizmat ko‘rsatgan shifokori Mixail Zamyatin bilan suhbatlashdik.

– Delegasiyangiz bir oy davomida mamlakatimizda bo‘lib, deyarli barcha hududlarda bo‘ldi. Sizningcha, bizning shifokorlarimizga qanday yordam bera oldingiz?

– Biz koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda shifokorlarga nazariy va amaliy yordam berish uchun keldik. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz va bu yerga yordam berish uchun kelgan boshqa mamlakatlarning mutaxassislari bilan yelkama-elka ishlab, intensiv terapiya, reanimasiya bo‘limlari, qizil zonada bemorlarni bevosita ko‘rikdan o‘tkazdik va ularni davolash bo‘yicha tavsiyalarimiz bilan bo‘lishdik.

Butun dunyo ushbu virusga birinchi marta duch keldi, shuning uchun tibbiyot hamjamiyatini unga qarshi kurashda birlashtirish, ochiq munozaralar va koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda kompleks yondashuv uchun turli xil profil mutaxassislarining ishtiroki juda muhimdir. Avvalo, gap «COVID-19»ning turli shakllari bilan kasallangan bemorlarni davolashda tajriba, ishlanmalar, metodika va amaliyotlar almashinuvi haqida bordi.

Darhaqiqat, biz mamlakatingizning deyarli barcha hududlarida bo‘ldik, tajribamiz, bilimlarimiz bilan o‘rtoqlashdik, konsultasiyalarda, konsiliumlarda qatnashdik. Nafaqat bemorlarni, bevosita davolaydigan shifokorlar bilan ham dolzarb muammolarni muhokama qildik. Biz birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishda, qabul bo‘limlarida, epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilish va tibbiyot xodimlarini himoya qilishda mavjud bo‘lgan masalalarni muhokama qildik. Ya’ni, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish yo‘lida juda qiyin va jiddiy vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha hamkorlik olib bordik.

– Bilamizki, bemorlarni davolashda bevosita ishtirok etishdan tashqari, guruh a’zolari bilan videokonferensiyalar ham tashkil qilingan.

– Darhaqiqat, biz videokonferensiyalarda ham qatnashdik. Bu orqali biz o‘z tajribamizni keng auditoriyaga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Shuningdek, bizning mutaxassislarimiz davolash bo‘yicha hujjatlar, yo‘riqnomalarni tayyorlash va takomillashtirishda faol ishtirok etishdi.Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘z vazifamizni vijdonan bajarishga harakat qildik.

– Bu yerda bir oy ishlaganingizdan so‘ng, «COVID-19»ga qarshi kurash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarni qanday baholaysiz?

– Shuni ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, tez va malakali karantin choralarini ishlab chiqilgan, shuningdek bemorlarga yordam berish uchun zarur infratuzilma yaratilgan. Bularning barchasi mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermoqda.

Masalan, Toshkentda qisqa muddat ichida ulkan bino – Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi barpo etilgan, u epidemiologik xavfsizlik va bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha talablariga javob beradi. Ushbu inshootning faoliyati tufayli mamlakat koronavirus infeksiyasi xavfini kamaytirishga muvaffaq bo‘lmoqda. Mamlakat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda turli tajribaga ega bo‘lgan qator mamlakatlar mutaxassislari uchun ochiqligi ham ahamiyatga molik.

Butun dunyoda bemorlarni davolash ma’lum protokollar asosida amalga oshiriladi, unda bemorni kasalxonaga yotqizish paytida ayrim tekshiruv turlari, davolanishning barcha kunlari davomida bemorni parvarish qilish tartiblari va terapiya usullari mavjud. Ushbu davolash usullarining barchasi O‘zbekiston shifokorlari foydalanadigan protokollarda aks etgan.

Ammo kimningdir hamroh kasalliklari bo‘lishi mumkin, kimdir shifoxonaga og‘irroq holatda kelib tushadi, kimdir kasallikni yengil shaklda boshdan o‘tkazadi. Ushbu jihatlar turli yo‘nalishga oid va turli tajribaga ega mutaxassislarning ishtirokida jiddiy tahlil o‘tkazishni talab qiladi. Shuning uchun, bu yerda biz shifokorlar bilmagan narsalarni aytib berdik deyishimiz xato, balki shunchaki o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik, muammolarni birgalikda muhokama qildik va barcha muhim sohalarda munozaralar o‘tkazdik.

– Missiya yakunida sizga «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining faxriy professori unvoni topshirildi...

– Menga mehnatni baholashning bunday munosabatidan juda ta’sirlandim. Buni butun guruhimizning ishi uchun minnatdorchilik deb qabul qildim.

Safarimiz iz qoldirmasdan qolmadi. Bu yerda bebaho tajriba orttirdik deb hisoblayman. Nafaqat bemorlarni davolash tajribasi, balki odamlar, boshqa mamlakat vakillari, hamkasblarimiz bilan muloqot qilish tajribasini ham orttirdik. O‘z sohamiz bo‘yicha ko‘plab do‘stlar orttirdik. Kelajakda tibbiyotni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni davom ettiramiz.

Bu yerda ekanligimizning  yana bir muvaffaqiyati to‘g‘risida aytmasam bo‘lmaydi. Albatta, biz ko‘p vaqtimizni ishda o‘tkazdik. Shunga qaramay, ushbu ajoyib zamin bilan tanishish, qadimiy  joylarni ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldik. Ushbu taassurotlar va xotiralar uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ko‘pchilik navbatdagi delegasiya tarkibida O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgani bejiz emas.

Umid qilamanki, biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan yana ko‘p yangi uchrashuvlar o‘tkazamiz, xotirjamroq davrda bu yerga sayyoh sifatida qaytib kelamiz. Hozirgi murakkab vaqtda esa hamkorlikni davom ettiramiz, hamkasblarimizga har doim yordam berishga tayyormiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.