Misr Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi o‘z vazifasini yakunladi
Misr Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi Amira Fahmiy o‘z missiyasini yakunladi. Elchining Tashqi ishlar vaziri Baxitiyor Saidov bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlaridagi sezilarli ijobiy sur’atni alohida ta’kidlashdan mamnunmiz. Elchi xonimga davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Amira Fahmiy 2020 yilning 24 dekabridan Elchi sifatida O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)