Mirziyoyevning tug‘ilgan kunida dunyoga kelgan 3 egizakka Shavkat, Miromon, Mirziyo ismlari qo‘yildi

Mirziyoyevning tug‘ilgan kunida dunyoga kelgan 3 egizakka Shavkat, Miromon, Mirziyo ismlari qo‘yildi

Ahmadjon va Muhayyo Umarovalar oilasida dunyoga kelgan chaqaloqlarning uchalasi ham o‘g‘il bolalar.

Chaqaloqlar bugun soat 15:03 – 15:08 oralig‘ida dunyoga kelgan. Chaqaloqlarning vazni esa 2,1 kilogramm, 2,3 va 2,4 kilogrammni tashkil qiladi. Ularning salomatligi qoniqarli ekani aytilmoqda.

Avval ham Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va genekologiya ilmiy markazida ko‘plab egizaklar dunyoga kelgan, ammo 3 nafar egizak chaqaloqlar tug‘ilishi ilk bor kuzatilmoqda.

Chaqaloqlarning yaqinlari ular farzandlari bugun, 24 iyul – Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavallud kunida tug‘ilgani uchun ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlarini berilganini ma’lum qildilar.

Ma’lumot o‘rnida, Ahmadjon va Muhayyo Umarovalar 2015 yilda oila qurishgan. Bugungacha ularning ikki o‘g‘il farzandlari bor edi. To‘ng‘ich o‘g‘il 2016 yilda, o‘rtanchasi 2018 yilda tug‘ilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!