Mirobodda ekskavator haydovchisi daraxtni tagi bilan qo‘porib oldi

Mirobodda ekskavator haydovchisi daraxtni tagi bilan qo‘porib oldi

Shu yilning 14 iyul kuni Mirobod tumanida sobiq "Buxoro" kafesi hududida 1 tup zarang daraxti qo‘porib tashlandi.

Bu haqda Mirobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha holat yuzasidan Mirobod tumani ekologiya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda Avliyo-ota ko‘chasi 124 uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida 1 tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan.

Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni tagi bilan qo‘porib tashlagan.

Hozirda holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79 moddasi 1 qismi bilan 28 390 000 so‘m miqdorda jarima qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!