Milliy gvardiya Toshkentda "ko‘mir operasiyasi"ni fosh qildi

Milliy gvardiya Toshkentda "ko‘mir operasiyasi"ni fosh qildi

Joriy yilning 22-fevral kuni Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida otryadi xodimlari hamkorligida  o‘tkazilgan tadbir natijasida ko‘mir mahsulotining noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishi oldi olindi. 

Tadbir davomida aniqlanishicha, Farg‘ona viloyatida yashovchi  fuqaro A. O o‘ziga biriktirilgan "XAVO" rusumli yuk tashish avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganda, yuk xatida ko‘rsatilagan miqdordan hech qanday xujjatsiz, avtomashina yuk xonasida 13 tonna ortiqcha ko‘mir maxsuloti borligi aniqlandi. Xolat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida xujjatlar rasmiylashtirilib, ortiqcha ko‘mir maxsuloti ko‘mir koniga qaytarildi, hamda to‘plangan xujjatlar tegishli tartibda sudga yuvoriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!