Milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» uchun investisiya kiritmoqda

Milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» uchun investisiya kiritmoqda

Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov o‘tgan hafta «Arsenal» futbol jamoasidagi barcha ulushlarini sotib yuborgan edi.

«Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, Usmonov Toshkentning «Paxtakor» klubini rivojlanitirish hamda klub stadionini qaytadan qurish uchun 100 mln. dollardan ortiq beg‘araz investisiya kiritmoqda.

Alisher Usmanov beg‘araz mablag‘larini iqtisodiyotimizning turli sohalariga kiritib kelgan. Xususan, Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati, Toshkent metall zavodi, Bekobod zavodlariga o‘z sarmoyalarini kiritib, chet eldan mutaxassislar jalb qilgan. Toshkent shahridagi Islom madaniyati markazi hamda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy xalqaro markazlari qurilishiga katta miqdorda sarmoya kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!