Messi: "Barselona"ga qaytmayman"

Messi: "Barselona"ga qaytmayman"

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga aniq javob berdi.

"Barselona"mi? Yo‘q, imkoniyat yo‘q. "Barselona"ga qaytmayman", — dedi 36 yoshli futbolchi Lequipe jurnalisti bilan suhbatda.

Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynagan. Keyin erkin agent sifatida Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tdi va u yerda ikki mavsum o‘tkazdi. 2023 yilning yozidan buyon argentinalik futbolchi “Inter Maymi” futbolchisi hisoblanadi.

Oktyabr oyi oxirida Lionel yana bir bor "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. U bu sovrinni sakkizinchi marta qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!