Messi Argentinaning eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi

Messi Argentinaning eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi

Lionel Messi Argentinada yilning eng yaxshi sportchisi deb tan olindi.

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Buenos-Ayres sport jurnalistlari jamiyati tomonidan beriladigan 2023 yilgi “Oltin Olimpiya” mukofotini oldi.

Messi to‘rtinchi marta Argentinaning eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi. Shuningdek, u yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham oldi.

Eng yaxshi argentinalik ayol sportchi uchun mukofot 3000 metrga to‘siqlardan yugurish bo‘yicha Janubiy Amerika rekordini o‘rnatgan yuguruvchi Belen Kasettaga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!