Menni Pakyao Filippindagi prezidentlik saylovlarida yutqazdi

Menni Pakyao Filippindagi prezidentlik saylovlarida yutqazdi

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao Filippin prezidentligi uchun saylovda mag‘lub bo‘ldi.

Saylov byulletenlarining 98 foizi sanab chiqilgach, eng yaxshi natijani 31 million ovoz olgan 64 yoshli kichik Ferdinand Markos ko‘rsatdi.

Uning eng yaqin raqibi, vise-prezident Leni Robredo esa yarim baravar ko‘p ovozga ega bo‘ldi. Ovoz berishning rasmiy natijalari oy oxirida e’lon qilinadi.

«Men siyosatdan voz kechishim mumkin, lekin xizmat qilish imkoniyatidan emas. Yurtdoshlarimga katta rahmat», — deb yozdi Pakyao ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tish mumkin, Pakyao so‘nggi jangida kubalik bokschi Yordenis Ugasga yutqazib qo‘ygan edi. O‘shanda jangchilar WBC unvoni uchun kurash olib borishgan. To‘qnashuv Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida bo‘lib o‘tgan. Bu Pakyaoning 2019 yil iyulidan beri ilk jangi edi.

Keyin u Keyt Turmanni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi va undan yarim o‘rta vazndagi WBA Super kamarini tortib oldi. Keyinchalik, Menni 2021 yilning sentabrida sport karyerasini yakunlaganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!