Megan Markl va shahzoda Garri farzandlarining suratini ommaga e’lon qildi

A A A
Megan Markl va shahzoda Garri farzandlarining suratini ommaga e’lon qildi

Sussekskiy gersogi va gersoginyasi Instagramda o‘z farzandlarining yangi suratini e’lon qilishdi.

Fotosuratda jajji Archining oyoqchalari aks etgan bo‘lib, atrof marhuma malika Diananing sevimli gullari bilan bezatilgan.

Fotosurat ostiga juftlik onalar kuni munosabati bilan qutlov yozib qoldirgan.

- Bugun o‘tmishda, xozir va kelajakdagi barcha onalarga hurmat bajo keltiramiz... biz barchangizni sharaflaymiz va qutlaymiz, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl 2018 yilning 19 mayida turmush qurishgan. Ularning to‘ng‘ich farzandlari joriy yilning 6 mayida dunyoga keldi. Disey kompaniyasi ushbu quvonchli kun bilan tabriklash maqsadida Garri va Meganga qisqa metrajli multfilm sovg‘a qildi.

Bolakayga Archi Xarrison Mauntbetten-Vindzor deya ism qo‘yilgan.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!