Megan Markl o‘zi bilan bog‘liq fojiali yangilikni ma’lum qildi

Megan Markl o‘zi bilan bog‘liq fojiali yangilikni ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl ikkinchi homilasi nobud bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda u “New York Times” gazetasida chop etilgan maqolada aytib o‘tdi.

Meganning so‘zlariga ko‘ra, bu 2020 yilning iyul oyida sodir bo‘lgan.

«Iyul kuni ertalab har kuni bo‘lgani kabi odatdagidek boshlandi: nonushta qilish. Itlarni ovqatlantirish. Vitaminlar qabul qilish. Yo‘qolgan paypoqni topish. Stol tagiga tushib ketgan qalamni olish. O‘g‘limni karavotidan ko‘tarishdan oldin sochlarimni yig‘ish... Ammo o‘g‘limning tagligini almashtirganimdan so‘ng kuchli og‘riqni his qildim. Farzandimni bag‘rimga bosib, yerga o‘tirdim va ikkalamiz ham tinchlanishimiz uchun alla aytishni boshladim... Birinchi farzandimni bag‘rimga bosib turgan holda ikkinchi farzandimdan ayrilayotganimni bilardim", deb yozgan Megan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!