Mbappe «Real»ga o‘zining moliyaviy talablarini ma’lum qildi

Mbappe «Real»ga o‘zining moliyaviy talablarini ma’lum qildi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Real» bilan shaxsiy shartnomani muhokama qila boshladi. 25 yoshli futbolchi "Qirollik klubi"ga o‘zining moliyaviy talablarini ma’lum qildi.

U «Real»ning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisiga nisbatan 2 baravar ko‘p maosh olishni istamoqda. Hozirda "Madrid" safida eng yuqori yillik maosh 17-20 million yevro atrofida.

Avvalroq «Real» Kilianga 26 mln yevro miqdorida yillik maosh to‘lash tayyor ekani haqida ma’lumot tarqatilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!