Mbappe "PSJ" rahbariyatidan Neymarni sotib yuborishlarini so‘radi

Mbappe "PSJ" rahbariyatidan Neymarni sotib yuborishlarini so‘radi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe klubdan braziliyalik futbolchisi Neymarni sotishni istamoqda, deya xabar beradi Get French Football News Romain Molinaga tayanib.

Manba bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan mavsum oxiridan buyon Mbappe jamoa rahbariyatdan braziliyalikdan qutulishni talab qilgan. So‘nggi yillarda futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgan. Manbaning ta’kidlashicha, Neymar Mbappe rahbariyatni braziliyalikni sotishga ko‘ndirmoqchi bo‘layotgani haqidagi mish-mishlarni eshita boshlagan, aynan shu sabab futbolchilar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan.

Mbappe so‘nggi yillarda Neymardan ko‘p narsani o‘rganganiga ishonadi, ammo endi u Lionel Messidan o‘rganishni afzal ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Liga 1 2-tur uchrashuvida "PSJ" o‘z maydonida "MonpelYE"ni 5:2 hisobida mag‘lub etgandi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshira olmadi. O‘yindan so‘ng fransiyalik futbolchining maydonda o‘zini yetarli o‘yinga bag‘ishlamayotgani va istaksiz harakat qilganini his qilgan klub muxlislari tomonidan tanqid qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!