Mbappe “PSJ”dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

Mbappe “PSJ”dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida fransuz klubini tark etadi.

Jurnalist Fabrisio Romano o‘zining podkastida xabar berishicha, Fransiya terma jamoasi futbolchisi nihoyat o‘z kelajagi haqida bir qarorga keldi va 100% ehtimol bilan faoliyatini “Real Madrid”da davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilian “Real” bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi jamoadoshlari va “PSJ” murabbiylar shtabiga joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini aytgan. O‘z navbatida, “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelottining murabbiylar shtabiga Mbappe “Real”ning yangi futbolchisiga aylanishi haqida xabar bergan.

Joriy mavsumda Mbappe parijliklar safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!