Maxsus komissiya qarori: O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Maxsus komissiya qarori: O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Bunga Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan, joriy yilning 20 fevralidan ruxsat berilmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etishda qo‘yiladigan talablar:

🔹 tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qiladi. Tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart;

🔹 barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;

🔹 tadbirga kirishda barcha ishtirokchilarning harorati o‘lchanadi. Yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;

🔹 ekspozisiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr bo‘lishi kerak;

🔹 tadbir o‘tkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini ta’minlashi kerak.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!