Mashhur imomga kunduzi o‘q otishdi

Mashhur imomga kunduzi o‘q otishdi

O‘tgan payshanba kuni kunduzgi soat 11:00 larda noma’lum jinoyatchi Filippinlik imom Bedejim Abdullohni bozor yaqinidagi ko‘chalarning birida otib ketgan, deya xabar bermoqda inquirer.net nashri.

Imom Bedejim Abdulloh velosport va tog‘ velosportiga qiziqar edi. Uni ko‘pincha o‘zining «ikki oyoqlik oti»da Bagio shahridagi ko‘chalarda uchratishardi.

Mahalliy aholi 55 yoshli imomni Islomga oid ko‘rsatma va ma’ruzlari bilan eslaydi.

Fojea imomning ofisiga yaqin joyda sodir bo‘lgan.

Polisiya taqibiga qaramasdan jinoyatchi qurolini yerga uloqtirib, qochib qolishga ulgurgan.

Marhumni so‘ngi manzilga kuzatish chog‘ida mahalliy fuqarolar imomning 17 yil mobaynida musulmon kursantlar bilan harbiy akademiyada xizmat qilganini eslashdi.

"U irqi, dini va millatiga qaramasdan, tinchlik va tushunish manfaatlari yo‘lida, Allohdan qo‘rqadigan millat bo‘lish uchun birgalikda ishlash kerakligini ta’kidlardi", deb aytdiladi harbiy akademiyaning matbuot xizmatida.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!