Markaziy Osiyo prezidentlari nima uchun Toshkentga kelishadi?

Markaziy Osiyo prezidentlari nima uchun Toshkentga kelishadi?

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari  2019 yilda navbatdagi maslahatlashuvlar uchun Toshkentda yig‘ilishadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu masalani Shavkat Mirziyoyev va Nursultan Nazarbayev telefon orqali muhokama qilishdi. Tomonlar kelasi yil Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi ish uchrashuvini tashkil qilish haqidagi kelishuvini yana bir bor tasdiqlashdi.

Suhbat davomida Mirziyoyev va Nazarbayev mintaqa davlatlari tashqi ishlar darajasida ushbu tadbirni tayyorlash masalalarini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuvi 2018 yilning mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!