Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiylari kuzda O‘zbekistonga keladi

Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiylari kuzda O‘zbekistonga keladi

O‘zbekistonda kuz faslida Markaziy Osiyo davlatlarining biologik xavflarga javob qaytarish bo‘yicha "Jayron" mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idora xabariga ko‘ra, 12-14 iyun kunlari Bryusselda kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining milliy koordinatorlari yettinchi yig‘ilishi o‘tkazilgan. Uchrashuvda O‘zbekiston delegasiyasiga sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor G‘ulomov rahbarlik qilgan.

Majlis davomida "Markaziy Osiyo mamlakatlarida biologik xavfsizlik bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’limni taqdim etish va milliy-huquqiy asosni takomillashtirish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yakuniy xulosalar taqdim etilgan.

"Ushbu loyihaning mantiqiy yakuni sifatida mamlakatda joriy yil kuz faslida "Jayron" nomi ostida mintaqaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga kelishilgan", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, FVV va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga biologik xavfsizlik bo‘yicha umumiy miqdori bir million yevro bo‘lgan ikkita mobil laboratoriyalar taqdim etiladi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!