Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari kuzda Toshkentda uchrashishlari kutilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari kuzda Toshkentda uchrashishlari kutilmoqda

Markaziy osiyo rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi joriy yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston hukumati ushbu uchrashuvni Toshkentda bahorda o‘tkazilishini rejalashtirgan, ammo u qoldirilgan edi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Vashington shahrida O‘zbekistonning investision salohiyati va kapital bozori istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazgan. Taqdimotda mamlakatni rivojlantirish Strategiyasini amalga oshirish jarayoni, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va O‘zbekiston – AQSh munosabatlarining istiqbollari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan.

Taqdimot doirasida AQSh Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Liza Kertis O‘zbekistonning oxirigi 2,5 yilda haqiqiy savdo va tranzit chorrahasi sifatida qayta tiklanayotgan mintaqadagi o‘zgarishlar manbaiga aylanayotganligini e’tirof etgan va O‘zbekistondagi islohotlar va o‘zgarishlar mintaqaviy hamkorlikni qayta tiklaganini ta’kidlagan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvini joriy yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish rejalari misol tariqasida keltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!