Markaziy Osiyo davlatlari orasida ish haqi o‘sishi bo‘yicha yetakchi mamlakat qaysi?

Markaziy Osiyo davlatlari orasida ish haqi o‘sishi bo‘yicha yetakchi mamlakat qaysi?

Qozog‘iston 2022 yilning birinchi choragida o‘rtacha oylik ish haqining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyo va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) davlatlari orasida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hisobotida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning shu davriga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

  • Qozog‘istonda — 23,7 foiz, 627 dollar;
  • Belarusda — 17,1 foiz, 551 dollar;
  • Rossiyada — 15 foiz, 709 dollar;
  • Qirg‘izistonda — 11,4 foiz, 234 dollar;
  • Armanistonda – 9,6 foiz, 437 dollar.

O‘zbekistonda, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sish 19,1 foizni (305 dollar) tashkil etgan. «Asia Plus»ning statistika agentligiga tayanib xabar berishicha, Tojikistonda o‘rtacha oylik ish haqi 13,7 foizga oshgan va 155 dollar tashkil qilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar esa topilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!