Maradonaning o‘limi bo‘yicha 7 kishiga ayblov e’lon qilindi

Maradonaning o‘limi bo‘yicha 7 kishiga ayblov e’lon qilindi

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi bo‘yicha 7 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Marca.

San-Isidro prokuraturasi sudyadan ayblov e’lon qilingan gumondorlarning Argentinani tark etishni cheklashni so‘ragan.

Prokuratura ishida Maradonaning sog‘lig‘iga javobgar bo‘lgan shifokorlar guruhining o‘z ishiga sovuqqon munosabatda bo‘lgani, qaramog‘ida bo‘lgan bemorni o‘z holiga tashlab qo‘ygani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida Argentinada vafot etgandi. Noyabr oyi boshida uning miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va 12 noyabr kuni javob berilgandi. Diyego Armandoning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!