Manfaatli bilim

Manfaatli bilim

Bir badavlat odam o‘g‘lini o‘qishga berdi. O‘g‘il yetarli bilim olib uyiga qaytgach, ota dediki:
– O‘g‘lim, endi tijorat bilan ham shug‘ullanib ko‘ring.

O‘g‘il karvonga qo‘shilib yo‘lga chiqdi. Cho‘lda ketayotganlarida sherning qo‘tosga chang solib yiqitganini ko‘rdi. Sher o‘ljasining xammasini yeya olmadi. Qorni to‘ygach, nari ketdi. Shunda payt poylab turgan qashqirlar va quzg‘unlar o‘ljaning qoldig‘iga tashlandilar.

Bu manzarani ko‘rib, o‘g‘il o‘ylandi:
– Odam ham sher kabi barcha boyligini yeb ado qila olmaydi. Otamning boyligi ko‘p bo‘lgani holda mening tijorat yo‘lida sarson yurishimdan nima foyda. Undan ko‘ra otamning boyligidan foydalanib, ilm bilan shug‘ullanganim durust emasmi?

O‘g‘il shu qarorga kelib iziga qaytdi va maqsadini otasiga aytdi.
– O‘g‘lim, durust fikr qilmabsiz, – dedi ota. – Men sizning qoldiqlarni yeyuvchi qashqir yoki o‘laksaxo‘r emas, o‘ljani qo‘lga kirituvchi sher bo‘lishingizni istab edim. Toki, siz qo‘lga kiritgan o‘ljadan boshqalar ham foyda ko‘rsin.

Bu ibrat o‘g‘liga ma’qul keldi. Otasiga boqimanda bo‘lmay, o‘zi harakat qilib topdi, o‘zi yeb-ichdi, boshqalar ham undan manfaatlandi. Shuning barobarida ilm bilan shug‘ullanmoqqa ham fursat topdi. O‘zi ham o‘qidi, boshqalarni ham o‘qitdikim, fazli-kamoli yuqori bo‘ldi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!