Malayziya fuqarolari uchun haj kvotasi oshirildi

Malayziya fuqarolari uchun haj kvotasi oshirildi

Saudiya Arabistoni hukumati Malayziya fuqarolari uchun muborak haj safariga borish kvotasini 31 600 kishiga oshirdi.

Saudiya Arabistoni qirolligi va Malayziya hukumatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida haj safariga boradiganlar ro‘yxatiga yana 1400 kishi qo‘shildi.

Xabaringiz bor, Islom hamkorligi tashkilotining qaroriga binoan har bir davlat o‘z aholisining 0,01 foizi miqdarida haj kvotasiga ega bo‘ladi.

Saudiyaning Haj ishlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan statiska asosida REGNUM tomonidan berilgan ma’lumotga qaraganda, 2019 yilda umumiy hisobda 7,5 million kishi haj safarini ado etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!