Makron Lukashenkoni o‘z ixtiyori bilan prezidentlikdan ketishga chaqirdi

Makron Lukashenkoni o‘z ixtiyori bilan prezidentlikdan ketishga chaqirdi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Aleksandr Lukashenko Belorusiya prezidenti lavozimini ixtiyoriy ravishda tark etishi kerak, deb hisoblamoqda.

Bu haqda “Le Journal du Dimanche” gazetasi yozmoqda.

“Bu avtoritar hukumatning, demokratiya mantig‘ini qabul qila olmaydigan va kuch bilan ushlab turishga harakat qiladigan hokimiyatning inqirozi. Lukashenkoning ketishi kerakligi aniq”, - deya Makronning so‘zlarini keltirgan gazeta.

Fransiya Prezidenti norozilik namoyishlarida qatnashayotgan belorusiyaliklarning, ayniqsa, ayollarning, jasoratiga qoyil qolishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!