Makka va Madinada komendantlik soati joriy qilindi

Makka va Madinada komendantlik soati joriy qilindi

Saudiya Arabistoni hukumati musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka va Madina shaharlarida komendantlik soatini joriy qildi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali xabar berdi.

Endi har ikkala shahar aholisi faqat zarurat bo‘lgan holatlarda (oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam olish uchun) soat 6:00 va 15:00 oralig‘ida uydan chiqishi mumkin. Fuqarolarga o‘z kvartallari doirasida harakatlanish tavsiya qilinadi.

Tadbirkorlikning har qanday turi to‘xtatiladi. Faqat dorixonalar va oziq-ovqat do‘konlarining ishlashiga ruxsat beriladi.

Saudiya Arabistoni qirolligi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu cheklovlar harbiylarga, xavfsizlik xizmati xodimlariga, ommaviy axborot vositalariga, shuningdek, tibbiy muassasa xodimlariga taalluqli emas.

Telekanal bergan ma’lumotga ko‘ra, 3 aprel holatiga Saudiya Arabistonida koronavirus bilan xastalanganlar soni 1885ni tashkil qiladi. Ulardan 21 nafari vafot etgan, 328 nafari sog‘ayib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!