Makedoniyaga qarshi o‘yindagi qilig‘i uchun Arnautovichga qarshi tergov boshlandi

Makedoniyaga qarshi o‘yindagi qilig‘i uchun Arnautovichga qarshi tergov boshlandi

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) 2020 yilgi Yevropa chempionatining Avstriya va Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oxirida yuz bergan hodisa yuzasidan tergov boshladi, deya xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.

"UEFA intizomiy reglamenti moddasiga muvofiq, 2020 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichida Avstriya va Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘rtasidagi UEFA Yevropa chempionati guruh bosqichi uchrashuvi paytida sodir bo‘lgan futbolchi Marko Arnautovich bilan bog‘liq hodisani tekshirish uchun axloqqoidalari va intizom inspektori tayinlandi.

OAV Arnautovich Shimoliy Makedoniya darvozasiga gol urganidan so‘ng, raqib jamoasi futbolchilarini xafa qiladigan so‘zlar aytgani haqida xabar tarqatdi.

Uchrashuv 13 iyun kuni bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida avstriyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!