Magistrlikka da’vogar 8 nafar talaba imtihondan chetlashtirildi

Magistrlikka da’vogar 8 nafar talaba imtihondan chetlashtirildi

Magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari grafik asosida 13-17 avgust kunlari 2 smenada, ertalab soat 8.00 hamda kechki soat 16.00da o‘tkazilishi belgilangan.


Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti binosida 6 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlari o‘tkaziladigan hududlarga videokuzatuvi kameralari o‘rnatildi.

- Imtihon jarayonlari uzliksiz “imtixon.edu.uz” platformasi orqali onlayn namoyish etib borildi, - deydi Andijon davlat universiteti prorektori Rustamjon Mullajonov. – Bundan tashqari, imtihon topshiruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIB va Milliy gvardiya xodimlari jalb etildi. Imtihon jarayonlarida karantin tartib-qoidalariga to‘la amal qilinadi.


Birinchi kuni imtihon topshirishi rejalashtirilgan 420 nafar talabgordan 373 nafari imtihonda qatnashdi, 97 nafari noma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmadi. Shuningdek, 8 nafar abituriyent imtihon jarayonlari vaqtida ta’qiqlangan vositalar (telefon, shpargalka, turli aloqa vositalari)dan foydalangani uchun tegishli dalolatnoma tuzilib, imtihondan chetlashtirildi, 15 nafar abituriyent esa kech qolib kelganligi uchun imtihonlarga qo‘yilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!