Lyuk Besson: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

Lyuk Besson: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda jahonga mashhur rejissyor Lyuk Besson O‘zbekistonda yoshlarning kino iste’dodini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi bo‘yicha fikr bildirdi.

"O‘zbekiston yoshlari juda omadli, chunki ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh kinoijodkorlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda", - dedi Lyuk Besson.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilayotgan "Kino 5 kunda" yoshlar dasturi ishtirokchilariga sovg‘a va diplomlar shaxsan afsonaviy Lyuk Besson tomonidan topshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Kino 5 kunda" tanlov dasturi qisqa metrajli formatda suratga olingan milliy filmlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirdir. Tanlov ishtirokchilariga qisqa muddat berilgan, shu vaqt ichida ular O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida o‘zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixi bilan bog‘liq filmlarni suratga olishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!