Lukashenko vakolatlarining bir qismini parlament va hukumatga o‘tkazishga qaror qildi

Lukashenko vakolatlarining bir qismini parlament va hukumatga o‘tkazishga qaror qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko vakolatlarining bir qismini parlament va hukumatga o‘tkazishga qaror qildi.

«Xalq va jamiyat o‘zgarishlarni xohlaydi. Biz yaqinda parlament rahbariyati bilan kelishib oldik: prezident vakolatlarining 70−80 foizini parlament, hukumat, boshqa tuzilmalarga o‘tkazish uchun Konstitusiya buzilmasligi kerak», — dedi prezident.

Lukashenko, shuningdek, Butun Belarus xalq assambleyasigacha vakolatlarini adolatli ravishda taqsimlashga va’da berdi.

Uning ta’kidlashicha, u mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, jamiyatdagi keskin masalalar bo‘yicha allaqachon bir qator qarorlar qabul qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!