Lotin Amerikasi koronavirusga qarshi kurashda yengildimi?

Lotin Amerikasi koronavirusga qarshi kurashda yengildimi?

Lotin Amerikasida koronavirusga qarshi kurashning yana bir haftasi o‘z nihoyasiga yetmoqda va shuni ta’kidlash kerakki, mintaqa ushbu kasallikka deyarli qarshi turmayapti, deya xabar beradi CNN.

Koronavirus yuqtirish va u bilan bog‘liq o‘lim holatlari mintaqada dunyoning boshqa joylariga qaraganda tezroq o‘smoqda. Lotin Amerikasida 1,2 millionga yaqin koronavirus va 60 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan.

«Bizni, ayniqsa, Markaziy va Janubiy Amerika tashvishga solmoqda, u yerda ko‘p mamlakatlarda epidemiya tarqalishi tezlashmoqda», - dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

JSST Markaziy va Janubiy Amerikada pandemiyaning eng yuqori darajasiga hali yetib bormaganidan qo‘rqadi, bu esa kasal va o‘layotgan odamlar soni ko‘payishda davom etishini anglatadi.

Braziliya, Meksika va Peru Lotin Amerikasidagi koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardir. Ushbu davlatlarda mintaqa aholisining 60 foizi yashaydi.

Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kritik darajaga yetdi - mamlakatda kamida 645 771 ta koronavirus holati qayd etilgan va 35 026 kishi vafot etgan. Yaqinda mamlakat ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Rio Grande-do-Federal Federal Universiteti tomonidan nashr etilgan tadqiqotga ko‘ra, 20 iyungacha Braziliyada 1 million bemor va 50 000 o‘lim holatlari qayd etiladi.

Agencia Brasil xabariga ko‘ra, Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru JSSTga AQShdan keyin tashkilotni tark etish bilan tahdid qilgan. Uning fikricha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haddan tashqari mafkuraviydir va Braziliya sog‘liqni saqlash sohasida nima qilish kerakligini o‘rgatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

CNN telekanaliga ko‘ra, Meksikadagi vaziyat Braziliyadagi kabi qo‘rqinchli emas, ammo unchalik yoqimli ham emas Ushbu haftada mamlakatda birinchi marta bir kunda 1000dan ortiq o‘lim qayd etildi. Shuningdek, mamlakatda ketma-ket uch kun davomida eng ko‘p yangi holatlar kuzatildi.

Meksikada COVID-19 yuqtirishning 110 026 ta holati va 13 170 ta o‘lim qayd etilgan.

Peruda 187,4 ming kishi koronavirusga chalindi.

Bu mintaqadagi Braziliyadan keyin ikkinchi yomon natija. Shunga qaramay, Peru hukumati Meksikadan o‘rnak olib, karantinni olib tashlamoqchi. Tez orada mamlakat iqtisodiyoti hayotga qaytadi - do‘kon, go‘zallik salonlari va boshqalar ochiladi.

Ta’kidlash joizki, mintaqada koronavirus epidemiyasi bilan jangda g‘olib chiqqan mamlakat ham bor. Va bu - Urugvay. Taxminan 3,5 million odam yashaydigan mamlakatda jami 834 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Yangi virusdan birinchi o‘lim Urugvayda 24 may kuni qayd etildi. Umuman olganda, mamlakatda 23 kishi ushbu virusdan vafot etgan.

Mutaxassislarning fikricha, karantin rejimining o‘z vaqtida joriy etilishi, bemorlarni izolyasiya qilish, aholini sinovdan o‘tkazish va inqiroz markazini yaratish mamlakatda yangi virusga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Urugvay may oyi oxirida karantin cheklovlarini olib tashlashni boshladi. 1 iyun kuni o‘quvchilar maktabga, biznes va iqtisodiyot esa asta-sekin «normal hayotga» qaytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!