Lego Xitoy kompaniyalarini ko‘chirmakashligi uchun sudga berdi va 650 ming dollar undirdi

Lego Xitoy kompaniyalarini ko‘chirmakashligi uchun sudga berdi va 650 ming dollar undirdi

Guanchjou sudi Xitoydagi Lepin konstruktorlari ishlab chiqaruvchi to‘rtta kompaniyani Lego kompaniyasining 18ta to‘plamidan nusxa ko‘chirishda aybdor deb topdi.

Mualliflik huquqini buzishda ayblangan mazkur kompaniyalar nusxasi ko‘chirilgan o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishi va Lego kompaniyasiga yetkazilgan zarar uchun 650 ming dollar jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Lego Xitoydagi soxta o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchilarga qarshi kurashni 2017 yilda boshlagan edi: kompaniya o‘shanda o‘z savdo tamg‘asining Xitoyda tan olinishiga erishgan va Xitoyning Bela kompaniyasiga qarshi sudni yutib chiqqandi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!