“La La Lend” filmi yulduzi unashtirilganini ma’lum qildi

“La La Lend” filmi yulduzi unashtirilganini ma’lum qildi

"La La Lend" filmidagi asosiy ayol roli uchun "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisa Emma Stoun o‘zining "Instagram" dagi sahifasida prodyuser va rejissyor Deyv MakKariga turmushga chiqayotganligini ma’lum qildi.

Ularning munosabatlari haqidagi mish-mishlar 2017 yilda paydo bo‘lgan va rasmiy ravishda 2019 yil yanvar oyida juftlik sifatida omma oldiga chiqishgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilda Emma Stoun Forbes jurnalining yillik daromadi 26 million dollar bo‘lgan dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisaga aylandi. “La La Lend”dan tashqari, aktrisa "Yangi o‘rgimchak odam" va "Sevimli" kabi taniqli filmlardagi rollar bilan ham tanilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!