Kuzatuv tizimi endi kishilarni yurishidan ham taniydigan bo‘ldi!

Kuzatuv tizimi endi kishilarni yurishidan ham taniydigan bo‘ldi!

Xitoy hukumati tashqi kuzatuv tizimlariga yangicha jihozlarni tatbiq eta boshladi. Ular kishilarni yurishiga va tana tuzilishiga qarab farqlashga qodir.

Aytish kerakki, «Osmon osti saltanati»da allaqachon judayam ko‘p sonli videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Ular eng yangi optika jihozlari hamda qiyofani tanish texnologiyalari bilan ta’minlangan. Endi esa Pekin va Shanxayda odamlarni yurishidan taniydigan tizim ham ishga tushdi.

Ushbu tizim 50 metrgacha masofadan kishilarni ajrata oladi, bunda inson yuzini yashirgan yoki teskari qarab turgan bo‘lsayam uning shaxsini aniqlash mumkin. Shunisi ham borki, fuqaro yolg‘ondakam oqsash, biror tomonga qiyshayish bilan bu tizimni alday olmaydi. Zero, yangi texnologiyalar tananing barcha qismlari harakatini kuzatadi va tahlil qilib, yolg‘on harakatlarni aniqlay oladi.

Yurishidan tanish texnologiyasi allaqachon ayrim mayda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda qo‘llana boshlagan. Shuningdek, qidiruvdagi jinoyatchilarni olomon orasidan tanib olishda ham u qo‘l kelayotir. Yaqin orada mazkur tizim butun Xitoy bo‘ylab joriy etiladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!