Kutilmagan fojia: 15 yoshli o‘quvchi qiz hushini yo‘qotdi va vafot etdi

Kutilmagan fojia: 15 yoshli o‘quvchi qiz hushini yo‘qotdi va vafot etdi

Kostromdagi maktablardan birida 15 yoshli o‘quvchi qiz kutilmaganda dars paytida hushini yo‘qotdi va yiqildi. U o‘qituvchining savoliga javob berish uchun doskaga chiqqandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchi darrov tez yordam chaqirgan. Tez yordam ham tezda yetib kelgan va qizni kasalxonaga olib ketishgan. Ammo oradan bir necha soat o‘tgach, o‘quvchi qiz jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Fojianing sababi noma’lum, ayni damda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mahalliy OAVning yozishicha, qizda hech qanday surunkali xastalik bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!