Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi

Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi

“Sport kurashlarining Olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 29.07.2022 y.) qabul qilindi.

📁 Qaror bilan 2022-2024 yillarda sport kurashlarining olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2023 yildan har yili an’anaviy tarzda sport kurashlari bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha):

▫️yoshlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;
▫️o‘smirlar o‘rtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;
▫️kattalar o‘rtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;
▫️Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Vazir kubogi”, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida “Rais kubogi”, Milliy gvardiya tizimida “Qo‘mondon kubogi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.

⏩ O‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.

❕2023/2024 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning amaldagi davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

☑️ 2023 yildan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi bo‘yicha, shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi bo‘yicha seksiya va bo‘limlar tashkil etiladi.

📝Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etadigan sportchilarning natijalari xorijiy malakali hakamlar tomonidan baholanishi yo‘lga qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!