Kun yangiligi! Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayevaga uylandi. Ular farzand kutmoqda (foto)

Kun yangiligi! Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayevaga uylandi. Ular farzand kutmoqda (foto)

Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi. Bu haqda jurnalist Sardor Komilov «Hafta nishonida» dasturi davomida ma’lum qildi.

"Daryo.uz"ning qayd etishicha, Yigitali va Muqaddas qonuniy tarzda nikohdan o‘tgan. Ular farzand kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Yigitalining bu uchinchi, Muqaddasning ikkinchi turmushi.

Yigitali Mamajonovning avvalgi turmushlaridan uch nafar farzandi bor. Aktyor Rayhon bilan turmushidan ikki og‘il va chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmushidan qiz farzandli bo‘lgan.

Muqaddas Sa’dullayeva esa avvalgi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzand ko‘rgan. Aktrisa Instagram’dagi postlaridan birida «Hayotiy tajribamga ko‘ra, insonlar birovning shaxsiy hayotiga ham aralashib turmushini buzib yuborishganigacha ko‘rib guvoh bo‘ldim. Shaxsiy hayot shaxsiyligicha, sirliligicha qolgani yaxshi! Oilamni bundan buyog‘iga har qanday balo qazolardan uzoq tutaman», — deb yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!