Kun kulgisi!.. (18-qism)

Kun kulgisi!.. (18-qism)

— Xo‘sh, o‘g‘ling kim bo‘lmoqchi?

— Umi? Shaxsiy firma ochib birdan boyib ketmoqchi.

— Muvaffaqiyatlar qalay?

— Zo‘r! Halitdan menga xuddi kambag‘al qarindoshiga qaragandek qaray boshladi.

* * *

Chol-kampir ovqatlanib o‘tirishardi. Bir mahal chol to‘satdan qo‘lidagi qoshiq bilan kampirining basharasiga tushirdi.

— Qaysi gunohim uchun uryapsiz?

— Ovqatni chapillatmay yeyish kerak.

Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas, chol ikkinchi marta kampirini qoshiq bilan tushirib qoldi.

— Voy, bu safar nega urdingiz?

— Chapillatganing esimga tushsa, g‘azabim qaynab ketyapti.

* * *

Ota o‘g‘liga nasihat qilyapti:

Toshmatvoy, o‘g‘lim, agar sen yaxshi o‘qiganingda katta odam bo‘larding. Hozirgiday oddiy maktab direktori bo‘lib yurmasding.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!