Kulgi mehmonxonasi!.. (42-qism)

Kulgi mehmonxonasi!.. (42-qism)

Qariya qo‘shnisiga hasrat qilayapti:

— Ilgari erkaklar ayolni ko‘rsa, bosh kiyimini yechardi. Endi bo‘lsa, qulog‘idan ashula eshitadigan simni yechadigan bo‘lishibdi.

 

***

Erkak dengiz bo‘yidan shisha topib oldi. “Hoynahoy, ichida jin bo‘lsa kerak” dedi-yu, ishqalay boshladi. Bir soat, ikki soat ishqaladi. Jindan darak yo‘q, Oxiri charchab shishani bir chetga qo‘ygandi, ichidan ovoz keldi:

— Hoy, jinni, avval qopqog‘ini och!

 

***

Avtoyo‘riqchi haydovchilikni o‘rganayotgan qizdan so‘radi:

— Sizga kimdir ko‘zlaringiz katta-katta, chiroyli va ajoyibligini aytganmi?

— Aytgan.           

— Unda nega shunday katta va chiroyli ko‘zlaringiz yo‘l chetidagi belgini ko‘ra olmayapti?

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!