Kroufordning murabbiyi: "Ular juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda"

Kroufordning murabbiyi: "Ular juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda"

Amerikalik mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordning murabbiyi Brayan Makintayr hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi chempionlik jangiga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chet ellik yigitlar ham xuddi amerikalik jangchilar kabi och yirtqichdir. Terens Krouford bilan jang kilish raqibimiz Madrimov uchun katta imkoniyat. Agar sen Kroufordga o‘xshagan bokschi ustidan g‘alaba qozonsang, "jekpot"ni yutgan bo‘lasan. Bu yigitlar oilasini boqish, tarix yaratish va cho‘qqiga chiqish uchun bu yerga kelishlarini yaxshi bilamiz. Biz hammasiga tayyormiz.

Men uning janglarini ko‘rib chiqdim. U zo‘r bokschi. Ringda bu bokschiga karshi xotirjam jang kilib bo‘lmaydi. Bir necha hafta avval uning jamoasini ko‘rdim. Ular jangga juda ham jiddiy tayyorlanishmoqda. Bu biz uchun juda yaxshi", deydi murabbiy.

Ma’lumot uchun, WBA chempioni Isroil Madrimov hamda Terens Krouford o‘rtasidagi jang 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!